JSN Gruve - шаблон joomla Окна

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI                               
TASHQI MEHNAT MIGRATSIYA MASALALARI AGENTLIGI        

Call - markaz:  (+998 71) 200-00-61
Umumiy bo’lim ishonch raqami: (+998 71) 214-30-76 
Yuridik bo’lim ishonch raqami: (+998 71) 214-54-36

Menu
MOSLASHTIRISH VA UKITISH FILIALI
MOSLASHTIRISH VA O'QITISH FILIALI
TOSHKENT FILIALI
TOSHKENT FILIALI
FARGONA FILIALI
FARGONA FILIALI
BUXORO FILIALI
BUXORO FILIALI
QARSHI FILIALI
QARSHI FILIALI
NUKUS FILIALI
NUKUS FILIALI
Items filtered by date: Октябрь 2016 - TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASI MASALALARI AGENTLIGI

2015 yil 17-18 noyabr kunlari Koreys tilibo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun Agentlikning maxsus hisob raqamiga to‘lovni amalga oshirgan, biroq 2015 yil 19-20 dekabr, 2016 yil 28-29 may hamda 15-16 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan test sinovlarida qatnashuvchilar ro‘yxatida ismi-sharifi chiqmagan fuqarolar diqqatiga!

 

2015 yil 17-18 noyabr kunlari Koreys tilibo‘yichatest sinovlarida ishtirok etish uchun Agentlikning maxsus hisob raqamiga to‘lovni amalga oshirgan, biroq Agentlikning internetdagi rasmiy veb saytida bo‘lib o‘tgan onlayn ro‘yxatga olish jarayonida rasmi, fuqarolik pasportining laminat qismi va shaxsiga oid ma’lumotlarni berilgan tartibga rioya qilmay, noto‘g‘ri yuklagan quyidagi fuqarolar amalga oshirgan to‘lov-pul miqdorini, to‘lovni amalga oshirgan bank shaxobchalaridan (bank talabiga ko‘ra kerakli xujjatlarni taqdim etgan holda) qaytarib olishlari mumkin.



2015 йил 17-18 ноябр кунлари Корейс тилибўйича тест синовларида иштирок этиш учун Агентликнинг махсус ҳисоб рақамига тўловни амалга оширган, бироқ 2015 йил 19-20 декабр, 2016 йил 28-29 май ҳамда 15-16 октябр кунлари бўлиб ўтган тест синовларида қатнашувчилар рўйхатида исми-шарифи чиқмаган фуқаролар диққатига!

 

2015 йил 17-18 ноябр кунлари Корейс тилибўйичатест синовларида иштирок этиш учун Агентликнинг махсус ҳисоб рақамига тўловни амалга оширган, бироқ Агентликнинг интернетдаги расмий веб сайтида бўлиб ўтган онлайн рўйхатга олиш жараёнида расми, фуқаролик паспортининг ламинат қисми ва шахсига оид маълумотларни берилган тартибга риоя қилмай, нотўғри юклаган қуйидаги фуқаролар амалга оширган тўлов-пул миқдорини, тўловни амалга оширган банк шахобчаларидан (банк талабига кўра керакли хужжатларни тақдим этган ҳолда) қайтариб олишлари мумкин.
Published in Test Sinovlari

Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tamomlab, qaytib kelgan fuqarolar uchun 2016 yil 14 noyabr kunidan boshlab bo’lib o’tadigan test sinovlarida  to‘g‘risida e’lon

KOREYA TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN RO‘YXATGA ASOSAN 2016 YIL 24-25 OKTYABR KUNLARI AGENTLIKNING RASMIY VEB SAYTI WWW.MIGRATION.UZ ORQALI ONLAYN RO‘YXATGA OLISH JARAYONIDA ISHTIROK ETGAN,  MUVAFFAQIYATLI RO‘YXATDAN O‘TGAN FUQAROLAR 2016 YIL 28-29 OKTYABR KUNLARI VILOYATLARDA JOYLASHGAN “MILLIY BANK”NING MARKAZIY SHAHOBCHALARI ORQALI TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASI MASALALARI AGENTLIGINING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIYOT FAOLIYATI MILLIY BANKI BOSH AMALIYOT BO`LIMIDAGI MAXSUS 20210000600431202003 SONLI HISOB RAQAMIGA (MFO  00407, INN 201121089, OKONX 97111)KOREYA RESPUBLIKASI BILAN IMZOLANGAN KELISHUVDA BELGILANGAN 24 AQSH DOLLARI (BUNDAN TASHQARI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O’RNATILGAN QO’SHIMCHA SOLIQLAR HAM TO’LANADI) MIQDORIDAGI MABLAG`NI MILLIY VALYUTA SO`MDAGI QIYMATINI TO`LOV KUNDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING RASMIY KURSI BOYICHA TO`LASHLARI VA TO`LOV MAQSADIDA HAR BIR FUQARO O`ZINING FAMILIYA ISMI SHARIFINI TO`GRI VA TO`LIQ HAMDA PASPORT SERIYASI VA RAQAMINI TO`LIQ KO`RSATISHLARI LOZIM.

 

Eslatma: Faqatgina ro’yhatda keltirib o’tilgan fuqarolargina qatnashishlari lozim.

 

 

QUYIDAGI RO‘YXAT

Published in Test Sinovlari

Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha 2016 yil 15-16 oktyabr kuni bo’lib o’tadigan koreys tilidan test sinovlarini to‘g‘risida e’lon

 

 

            O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirliklari o‘rtasida imzolangan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga muvofiq Tashqi mehnat migratsyasi masalalari agentligi tomonidan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan hamkorlikda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 2016 yil 15-16 oktyabr kunlari  test sinovlarida qatnashish istagini bildirgan fuqarolar uchun Agentlikning rasmiy veb sayti orqali onlayn ro‘yxatga olish jarayoni o‘tkazildi.

            Onlayn ro‘yxatga olish jarayonidan muvaffaqityali o‘tib, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan tekshirilib, tasdiqlangan quyidagi FUQAROLAR RO‘YXATI 2016 yil 15-16 oktyabr kunlari  VILOYAT KESIMIDA BELGILANGAN JADVALga asosan o‘tkaziladi.

 

Test kunlari

Xudud

Test o‘tish joyi

Manzili

2016 yil 15-16 oktyabr kunlari

Sirdaryo viloyati

Yangier akademik litseyi

Sirdaryo viloyati, Yangier shahar, Shodlik MFY Sokisov kuchasi

Yangier pedagogika kasb-hunar kolleji

Sirdaryo viloyati, Yangier shahar, Shodlik MFY Sokisov kuchasi

Navoiy

Navoiy shahar

 7 sonli maktab

Navoiy shaxar 10-kichik daha Lomonosova kuchasi

Navoiy shahar

17 sonli maktab

Navoiy shaxar 10-kichik daha Lomonosova kuchasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus Pedagogika kolleji

Qoraqalpogiston Respublikasi, Nukus shahar, P.Seyitov kucha, 12-uy.

Mo’ljal: Eski shahar,

26-mikrarayon

Nukus Avtomobil yo’l ho’jaligi va hizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji

Qoraqalpogiston Respublikasi, Nukus shahar, Muqumiy ko’cha, 22-uy.

Mo’ljal: Halq sudi

Toshkent shahar

Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji

Toshkent shahar, Olmazor tuman, Umid ko’chasi 16 uy

Mo’ljal: Turin politexnika universiteti

 

Izoh: Koreya Respublikasi tomondan berilgan hududiy taqsimotga ko’ra testga kirish ruhsatnomasini chiqarib olish jarayonida test bo’lib o’tadigan joyni aniq bilib olishingiz talab e’tiladi.

 

 

Test kuni.

 

2016 yil 15-16 oktyabr kunlari (shanba, yakshanba);

 

Birichi qism:

 

Ikkinchi qism:

 

Testga kirish vaqti:

Tushuntirish vaqti:

soat 07:00 - 9:00

soat 9:00 – 10:00

Testga kirish vaqti:

Tushuntirish vaqti:               

soat 11:00 - 13:00

soat 13:00 – 14:00

Test vaqti: 

soat 10:00 - 11:10

Test vaqti: 

soat 14:00 - 15:10

 

 

 

 

Barcha testda qatnashuvchi nomzodlar test kuni belgilangan vaqtda (Birinchi qism soat 9:00 da va ikkinchi qism soat 13:00 da) belgilangan xonalarda joylashishlari shart.  Birinchi qismsoat 9:00 dan va ikkinchi qism soat 13:00 dan keyin xonalarga kiritilmaydi.

 

Testdan o‘tish tartibi

 

Test qismlari

Savollar soni

Umumiy ball

Ajratilgan vaqt

O‘qish qismi

Tinglash qismi

Jami

25

25

50

100

100

200

40 daqiqa

30 daqiqa

70 daqiqa

 

 Test tuzilmasi/ ballarni taqsimlash;

- Bir nechta javob variantlari;

-Tinglash va o‘qish topshiriqlari o‘rtasida tanaffus berilmaydi.

 

Belgilash namunasi

To‘g‘ri

Noto‘g‘ri

◑ ◎ ⊙ ◐ ◎ ⓞ

 

* Test sinovlari natijasi ikki yil muddat davomida ya’ni test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab kuchga ega.

 

Yo‘nalishlar: ishlab chiqarish

 

Test o‘tkaziladigan kuni nomzodlar quyidagilarga ega bo‘lishlari lozim:

  • testga kirish uchun ruxsatnoma (ruxsatnoma Agentlikning rasmiy veb sayti migration.uz orqali chiqarib olinadi)
  • fuqarolik pasporti (nomzod fuqarolik pasportisiz test topshirishga kiritilmaydi);
  • barcha nomzodlar fuqarolik pasportlarini olib kelishlari zarur ushbu fuqarolik pasporti ro‘yxatga olish jarayonida taqdim etilgan fuqarolik pasport nusxasiga mos kelishi zarur (ro’yhatga olish jarayonida eski passporlarini yuklagan ammo biometrik pasportga topshirgan fuqarolar o’zlari bilan tasdiqlovchi hujjat olishlari lozim);
  • Nomzodga testdan o‘tish varaqasi faqat bir marotaba beriladi. Almashtirib berilmaydi.Testdan o‘tish vaqtida javoblarni o‘chirib qayta belgilash man etiladi. Javobni faqat quyida ko‘rsatilgan namunadek, qora sharikli ruchkada belgilanadi (qora qalam, ko‘k sharikli ruchkada belgilangan javoblar noto‘g‘ri xisoblanadi va qabul qilinmaydi.)

 

TA’QIQLANGAN VOSITALAR

 

  • Nomzodlar testga uyali telefon, elektron lug‘at, MP3 moslama, aqlliy soatlar (smart watch), bluetooth moslamalari, naqd pul (O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi so’m) va horij valyutasi olib kirishlari qatian man etiladi.

 

 

                                                          

Tartib – qoidalar

 

Test davomida birovdan ko‘chirib o‘tirgan nomzod aniqlansa va test tartiblariga rioya qilmasa u testdan chiqarib yuboriladi va 2 yil davomida qayta testda qatnashishi uchun xujjatlari qabul qilinmaydi.

Nomzodlarning testga kirish ruxsatnomasidagi ma’lumot (familiyasi, ismi, pasport raqami) pasportidagi ma’lumotlar bilan mos kelishi lozim. Aks holda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi va 2 yil davomida qayta testda qatnashishi uchun hujjatlari qabul qilinmaydi.

Shuningdek, nomzodning o’rniga boshqa fuqaro testga kirayotganligi yoki kirganligi aniqlansa Agentlik tomonidan ushbu fuqaro <<Huquqni muhofaza qilish organlariga>> topshiriladi.

Nomzodlar test jarayonida ishtirok etish davrida tartibli, intizomli va test tashkilotchilarini ko’rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari talab etiladi, aks holda ushbu nomzodlar test sinovlaridan chetlashtiriladilar.

 

Nomzodning testdan muvaffaqiyatli o‘tishi Uni Koreya Respublikasiga ishga yuborilishini Agentlik tomonidan kafolatlanmaydi.

Nomzodning testdan muvaffaqiyatli o‘tishi Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ro‘yxatga olish shartlaridan birini bajargan hisoblanadi.

Agar nomzod tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha nosog‘lom deb topilsa yoki u Koreyada noqonuniy bo‘lganligi ma’lum bo‘lsa, u holda nomzod Koreya Respublikasiga ishga qabul qilinmaydi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga muvofiq hamkorlik qilish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatiga yuklatilgan.

Xususiy firmalar va o‘quv muassasalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish jarayoniga aralashishlari ta’qiqlanadi. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda bu tashkilotlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi belgilangan choralar ko‘riladi.

 

Ma’lumotlar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining quyidagi telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin: 998712000061; ishonch telefon raqami 99871 2143076.

 

 

            2016 yil 15-16 oktyabr kunlari Koreys tili bo’yicha test sinovlarida qatnashish uchun “testga ruxsatnoma olish” tugmasini bosing, so’ng talab etilgan joyga pasport seriyasi va raqamini kiriting va test ruxsatnomasini chiqarib oling.

 

 

 

Published in Test Sinovlari

Manzil:  Toshkent shahri 100179, Olmazor tumani, Qamarniso ko'chasi, 1-uy
Migratsiya bo’limi: (+998 71) 214-47-29, 214-51-87
Umumiy bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-30-76
Yuridik bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-54-36
Fax: (+99871) 214 34 85
E-mail: info@migration.uz

Saytdagi foydalanuvchilar

Хозир 780  мехмон ва фойдаланувчи йук онлайн

Go to top