JSN Gruve - шаблон joomla Окна

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI                               
TASHQI MEHNAT MIGRATSIYA MASALALARI AGENTLIGI        

Call - markaz:  (+998 71) 200-00-61
Umumiy bo’lim ishonch raqami: (+998 71) 214-30-76 
Yuridik bo’lim ishonch raqami: (+998 71) 214-54-36

Menu
MOSLASHTIRISH VA UKITISH FILIALI
MOSLASHTIRISH VA O'QITISH FILIALI
TOSHKENT FILIALI
TOSHKENT FILIALI
FARGONA FILIALI
FARGONA FILIALI
BUXORO FILIALI
BUXORO FILIALI
QARSHI FILIALI
QARSHI FILIALI
NUKUS FILIALI
NUKUS FILIALI
Items filtered by date: Февраль 2016 - TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASI MASALALARI AGENTLIGI
USHBU FUQAROLAR RUYHATGA ASOSAN FUQAROLIK PASPORTINI HAMDA TESTGA KIRISH UCHUN RUHSATNOMA BILAN QUYIDAGI MANZILGA VA BELGILANGAN VAQTGA BORISHLARI LOZIM.
KOREYA RESPUBLIKASINING O’ZBEKISTONDAGI E‘LCHIHONASI QOSHIDAGI TA’LIM MARKAZI.
MANZIL: TOSHKENT SHAHAR, MIROBOD TUMANI, TOLIMARJON KUCHASI, 3-UY.
 
 
 
 
QUYIDAGI FUQAROLAR O’Z MA’LUMOTLARINI USHBU TESTGA KIRISH RUHSATNOMASINI TO’LDIRGAN HOLDA TESTDA QATNASHISHLARI TALAB QILINADI
(TESTGA KIRISH RUHSATNOMASINI OLISH UCHUN “RUHSATNOMA OLISH” USTIGA BOSING).
Published in Test Sinovlari

Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli bitirib, qaytib kelgan fuqarolar uchun 2016 yil 26 fevraldan boshlab bo’lib o’tadigan test sinovlari tartibi to‘g‘risida

 

1. Yo‘nalishlar: ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, qurilish, baliqchilik, xizmat ko‘rsatish

 2. Testdan o‘tuvchi taxminiy nomzodlar soni e’lon qilinadi.

  • Har bir yo‘nalish bo‘yicha 80 balldan 200 ballgacha to‘plagan balliga ko‘ra, testdan o‘tuvchi taxminiy nomzodlar soni keyinroq e’lon qilinadi.

 

 Test bo‘lib o‘tadigan manzil va e’lon sanasi

  • Test o‘tkaziladigan manzil (Toshkent shahar Mirobod tumani Tolimarjon ko’chasi 3 uy), kompyuter test xonasi
  • E’lon qilish tartibi:

1) Koreys tili bo‘yicha test sinovlarining maxsus veb-sayti (www.epstopik.hrdkorea.or.kr)

2) Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi axborot taxtachasi va Agentlik rasmiy veb sayti www.migration.uz

3. Qabul qilish bo’yicha talabi

 

  • 2010 yil 1 yanvardan keyin Koreya Respublikasidan qaytib kelgan fuqarolar
  • Yoshi 18 dan 39 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar;
  • 1976 yil 06 fevraldan 1998 yil 05 fevralgacha oralig‘ida tug‘ilganlar;
  • Muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan fuqarolar;
  • Koreya Respublikasidan deport qilinmagan yoki deport qilinganligi to‘g‘risida buyrug‘i bo‘lmagan fuqarolar;
  • Koreya Respublikasida doimiy yashash va ish joyini tashlab ketish maqsadi bo‘lmagan fuqarolar.

 4. Testdan o‘tish tartibi

 

Test qismlari

Savollar soni

Umumiy ball

Ajratilgan vaqt

O‘qish qismi

Tinglash qismi

Jami

25

25

50

100

100

200

40 daqiqa

30 daqiqa

70 daqiqa

 

Test tuzilmasi/ ballarni taqsimlash;

  • Bir nechta javob variantlari;
  • Tinglash va o‘qish topshiriqlari o‘rtasida tanaffus berilmaydi.
  • Barcha test savollari Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimining koreys tili bo‘yicha test sinovlarining yopiq savollar bazasidan standart darsligidan olinadi.

Test o‘tkaziladigan kuni nomzodlar quyidagilarga ega bo‘lishlari lozim:

  • testga kirish uchun ruxsatnoma (ruxsatnoma ro‘yxatga olingan nomzodlarga beriladi)

fuqarolik pasporti (nomzod fuqarolik pasportisiz test topshirishga kiritilmaydi);

  • barcha nomzodlar fuqarolik pasportlarini olib kelishlari zarur ushbu fuqarolik pasporti ro‘xatga olish jarayonida taqdim etilgan fuqarolik pasport nusxasiga mos kelishi zarur

 

5.Test natijalari bo‘yicha e’lon

 

  • E’lon sanasi 2016 yil 22 mart
  • Agentlikning veb sayti www/migration.uz
  • Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimi sayti (http://www.eps.go.kr)
  • Koreyaning Bandlikka ruxsat berish tizimi – koreys tilidagi test sinovlari bo‘yicha sayti (http://epstopik.hrdkorea.or.kr)

 

  • Test sinovlari natijasi ikki yil muddat davomida ya’ni test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab kuchga ega.

 

Boshqa ma’lumotlar

Nomzodlar testga uyali telefon, elektron lug‘at, MP3 moslama va boshqa ruxsat etilmagan vositalarni olib kirishlari man etiladi.

Test davomida birovdan ko‘chirib o‘tirgan nomzod aniqlansa, va test tartiblariga rioya qilmasa u testdan chiqarib yuboriladi va 2 yil davomida qayta testda qatnashishi uchun xujjatlari qabul qilinmaydi.

Nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (familiyasi, ismi, tug‘ilgan sanasi) pasportidagi ma’lumotlar bilan mos kelishi lozim. Aks xolda nomzod testdan o‘tgan taqdirda ham unga Koreyaga kirishga ruxsat etilmaydi.

 

Nomzodning testdan muvaffaqiyatli o‘tishi uni Koreya Respublikasiga ishga yuborilishini kafolatlamaydi.

Nomzodning testdan muvaffaqiyatli o‘tishi Erkin yollash tizimi bo‘yicha ro‘yxatga olish shartlaridan birini bajargan xisoblanadi.

Agar nomzod tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha nosog‘lom deb topilsa yoki u Koreyada noqonuniy bo‘lganligi ma’lum bo‘lsa, u holda nomzod Koreya Respublikasiga ishga qabul qilinmaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga muvofiq hamkorlik qilish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatiga yuklatilgan.

Xususiy firmalar va o‘quv muassasalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish jarayoniga aralashishlari ta’qiqlanadi. Mazkur aniqlangan taqdirda bu tashkilotlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi belgilangan choralar ko‘riladi.

 

Nazorat qilish: Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi

Tashkillashtirish: Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati

Hamkorlik qilish: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi

 

Ma’lumotlar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining quyidagi telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin: 0371-214-30-76, 0371-214-51-87.

Published in Test Sinovlari

Ташқи меҳнат миграцияси масалалари агентлиги томонидан Корея Республикасига юборилиб, меҳнат фаолиятини муваффақиятли амалга ошириб қайтган ва қайтиши лозим бўлган, қуйида номи келтирилган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ва уларнинг яқинлари диққатига!

                                                                       

Ўзбекистонга қайтганларидан сўнг уларни ишга жойлаштиришни ташкил этиш мақсадида Корея Республикасида меҳнат фаолиятини муваффақиятли тамомлаб Ватанига қайтган ва қайтиши лозим бўлган фуқаролар Ташқи меҳнат миграцияси масалалари агентлигининг Ҳисобга олиш ва статистика шўъбасига қайтганлигини белгилатиш ҳамда Кореяда олган мутахассислиги ҳақидаги маълумотни Агентликка тақдим этиш учун фуқаролик паспорти билан учрашишлари ҳамда Агентликнинг интернетдаги расмий веб сайтида курсатилган Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. электрон манзилга юборишлари тавсия этилади.

Маълумот учун телефон: 214-34-21

 

 

         Ҳисобга олиш ва статистика шўъбаси

Ташқи меҳнат миграцияси масалалари агентлиги томонидан Корея Республикасига юборилиб, меҳнат фаолиятини муваффақиятли амалга ошириб қайтган ва қайтиши лозим бўлган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ва уларнинг яқинлари диққатига!

 

Корея Республикасида меҳнат фаолиятини муваффақиятли тамомлаб Ватанига қайтган ва қайтиши лозим бўлган фуқаролар Ўзбекистонда мавжуд бўш иш ўринлари ҳақидаги маълумотларни интернетдаги www.ish.mehnat.uz сайти орқали ҳамда Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигининг ҳудудий бандликка кўмаклашиш марказлари орқали олишлари ва маъқул келганда ишга жойлашишлари тавсия этилади.

 

 

Manzil:  Toshkent shahri 100179, Olmazor tumani, Qamarniso ko'chasi, 1-uy
Migratsiya bo’limi: (+998 71) 214-47-29, 214-51-87
Umumiy bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-30-76
Yuridik bo’lim telefon raqami: (+998 71) 214-54-36
Fax: (+99871) 214 34 85
E-mail: info@migration.uz

Saytdagi foydalanuvchilar

Хозир 776  мехмон ва фойдаланувчи йук онлайн

Go to top