Íà ÃëàâíóþÍàïèñàòü íàìO’zbekcha | Ðóññêèé | English
   
Sayt bo'yicha qidirish
 
  Bosh sahifa
  Agentlik haqida
  Yangiliklar
  Agentlik strukturasi
  Fuqarolarni chet ellarda mehnat qilishlarining huquqiyi asoslari
  Agentlik bo'limlari
  Odam savdosiga qarshi kurashish
  Erkin Yo'llash Tizimi-2008
  Maqolalar
  Aloqalar
  HUJJATLAR TO'PLAMI



KOREYADA YURTDOSHLARIMIZ HAYOTI
Fotogallereyasi
  Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ketayotgan fuqarolar uchun A/H1N1 grippi bilan kasallanishni oldini olish yo`riqnomasi  
Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ketayotgan fuqarolar uchun A/H1N1 grippi bilan kasallanishni oldini olish yo`riqnomasi
 

Keyingi haftalarda  jahon ommaviy ahborot vositalarida grippning yangi turi tarqalganligi haqidagi xabarlar asosiy o`rinni  egallamoqda. Kasallikni chaqiruvchisi A/H1N1 grippi virusidir. Kasallik qo`zg`atuvchisi cho`chqalarda uchraydigan gripp virusi  va odamlarda kuzatiladigan virus  bilan o`zaro chatishishi natijasida hosil bo`ladigan o`ta yuqumli virus hisoblanadi.

Kasallikni klinik alomatlari oddiy mavsumiy gripp kasalligiga o`hshab 5-7 kun davom etadi. Shu mavsumda shifokorlarga uchrab davolash ishlarini olib borgandan so`ng bemorning ahvoli yahshilana boradi, aks holda bemorning ahvoli og`irlashib og`ir asoratlarga olib keladi. Agarda to`liq davolash ishlari olib borilmasa o`lim bilan tugashi ehtimoli bor.

Hozirda Respublikamizda, ushbu grippni oldini olish, agarda kuzatiladigan bo`lsa, kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatish uchun barcha zarur chora-tadbirlar belgilab qo`yilgan.

Ushbu kasallikka chalinishni oldini olish maqsadida xar bir fuqaro quyidagi qoidalarga rioya qilishi shart:

1. Odamlar ko`p to`planadigan jamoat joylarida bo`lganingizda hushyor bo`ling; O`tkir respirator kasallik ko`rinishi hollari bo`lgan, ya’ni tumov bilan og`riyotgan, yo`talayotgan, ko`zlarida qizarish paydo bo`lgan odamlar yonida turmang yoki o`tirmang. Bunday joylarda maxsus dokali niqobdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

2. O`tkir respirator  kasallik kurinishlari bo`lganda ya’ni istma ko`tarilishi yo`tallish, tumov oshqozon og`rishi, mushaklar og`rig`ini ozingizda sezsangiz darhol shifokorlarga murojaat qilishingizni so`raymiz. O`zboshimchalik bilan davolanish ogir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

3. Siz bilan istiqomat qiluvchi oila a’zolaringizni birida shamollash yoki respirator infektsiya alomatlarini sezsangiz kasalni darhol alohida honaga joylashtirishing va u bilan faqat  mahsus dokali niqob orqali muloqatda bo`ling. Zudlik bilan shifokor chaqiring.

4. Eslab qoling, ushbu grippni qo`zg`atuvchi A/H1N1 virusi nafaqat insonlar orqali balki hayvonlardan ham yuqadi. Ushbu kasallikka chalinishning oldini olish uchun birinchi navbatda uy hayvonlarini silagandan keyin yoki ularga em bergandan so`ng albatta qo`llarni yahshilab yuvish kerak. Kasal yoki o`lgan hayvonlarga yaqinlashmasdan darhol mutahasislarga murojaat qilish shart.

5. A/H1N1 grippi  yuqishini asosiy sabablari bu havo tomchi  yo`lidir, epidemik holatida virus tarqalishini oldini olish maqsadida: yo`talganingzda, aks urganingizda, og’zingizni hamda burningizni bir marotabalik salfetka bilan yoki dastro`mol bilan yoping, qo’lingizni sovun bilan yuving. Jamoat joylarida burningizni, og`zingizni va ko`zingizni iloji boricha qo`lingiz bilan tegishga harakat qilmang. Yashash joyidagi xonalarni tez-tez havosini almashtirib turing.

6. Bunday kasallik keng tarqalgan vaqtlarda aholi gavjum joylarga bormang. Shamollagan yoki gripp kasalligi bilan og`riyotgan kishilar bilan muloqat qilishdan o`zingizni asrang. Agar o`tkir respirator infektsiya holatini sezsangiz atrofdagilar bilan imkon qadar muloqatda bo`lmang yashash joyingizga shifokorni chaqiring.

7. Bemor odamlar barcha safarlarini qoldirishlari kerak. Safardan qaytayotgan kasallangan odamlar o`zlarini zudlik bilan  tez tibbiy yordam ko’rsatish markazlariga murojaat qilishlari lozim.

8. Safarga chiqqan shaxslar o`zini va boshqa fuqarolarni himoyalash maqsadida kundalik tadbiq etiladigan profilaktik qoidalarga rioya qilishi zarur.

9. Agar A/H1N1 grippini oldini olish yoki davolanish bo`yicha savollar tug`ilsa, siz shifokorga murojaat qilib batafsil ma’lumot olishingiz mumkin

Shuningdek, gripp kasalligini yuqtirmaslik uchun kasallik belgilarini yaxshi bilich, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, himoya vositalaridan foydalanish va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish zarur.

AGENTLIKKA KELISHI LOZIM BO'LGAN NOMZODLAR BO'YICHA MA'LUMOT
TEST SINOVLARDAN MUVAFFAQIYATLI O'TGAN FUQAROLAR DIQQATIGA
Koreyaning erkin yollash tizimi bo’iyicha test sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan va Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirishga ketishni kutayotgan nomzodlar diqqatiga!
Koreya Respublikasi Milliy Pensiya Xizmati bilan hamkorlik
Koreya Respublikasiga kirib borishda Koreyaning Inchon halqaro aeroportida immigratsiya varag’ini to’lg’azish tartibi.
OITS õaqida ma’lumot va uni oldini olish choralari
Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ketayotgan fuqarolar uchun A/H1N1 grippi bilan kasallanishni oldini olish yo`riqnomasi
KOREYA ISHCHILARNI KOMPENSATSIYA VA IJTIMOIY TA'MINLASH XIZMATI TAQDIM ETGAN MA'LUMOTI
© 2008-2009 Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi   Rambler's Top100