Koreya Respublikasiga kirib borishda Koreyaning Inchon halqaro aeroportida immigratsiya varag’ini to’lg’azish tartibi.
2008 - yil iyunda O’zbekiston Respublikasi va Koreya
Respublikasi mehnat vazirliklari o’rtasida mehnat resurslarni ayirboshlash
borasida qayta tuzilgan Memorandumga muvofiq respublikamiz fuqarolari Koreya
Respublikasida mehnat faoliyatini amalgam oshirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
O’rganishlar shuni ko’rsatmoqdaki, Koreyaga mehnat qilish
uchun jo’nab ketayotgan aksariyat fuqarolar Koreyaga kirishda mazkur davlatning
immigratsiya varag’ini to’g’ri to’lg’aza olmasdan Koreyaning Inchon xalqaro
aeroportida immigratsiya nazoratidan o’tishda qiyinchilikka uchramoqdalar.
Shuni alohida inobatga olish lozimki, immigratsiya varag’ini
to’g’ri to’lg’azish immigratsiya nazoratidan qiyinchiliklarsiz o’tishga imkon
beradi.
Ushbu ma’lumot orqali quyida Koreyaga kirishda immigratsiya
varag’ini to’latish tartibi e’tiboringizga havola etilmoqda:
Koreyaning Inchon xalqaro aeroportiga etib kelgandan so’ng
horijiy fuqarolar uchun immigratsiya nazoratidan o’tishdan oldin maxsus
immigratsiya varag’ini to’latish talab etiladi.
Immigratsiya varag’ining 1-qatorida mahsus ajratilgan
kataklarda fuqaroning familiyasi, 2-qatoridagi kataklarda ismi hamda
3-qatordagi kataklarda tug’ilgan yili, oyi, kuni va uning jinsi belgilanadi.
Immigratsiya varag’ini 4-qatoridagi kataklarda fuqaroning
millati hamda passport seriyasi va raqami to’g’risidagi ma'lumotlar kiritiladi.
Immigratsiya varag’ining 5-qatoridagi kataklar Koreyada
yashash manzili ko’rsatiladi.
Immigratsiya varag’ining 7-qatoridagi kataklarda jo’nab
ketish joyi va qo’nish joyi ko’rsatiladi.
Immigratsiya varag’ining 8-qatoridagi kataklarda reys raqami
ko’rsatilib, uning yoniga fuqaro imzosini qo’yishi lozim.
Mazkur tartibda to’lg’azilgan immigratsiya varag’i
fuqarolik pasporti bilan Koreya immigratsiya xizmatining ma’sul hodimiga
immigratsiya nazoratidan o’tishda taqdim etilishi lozim.
Koreya immigratsiya varag’ini to’lg’azish bo’yicha hujjatdan
namuna va uning tarjimasi quyida joylashtirilgan.