Íà ÃëàâíóþÍàïèñàòü íàìO’zbekcha | Ðóññêèé | English
   
Sayt bo'yicha qidirish
 
  Bosh sahifa
  Agentlik haqida
  Yangiliklar
  Agentlik strukturasi
  Fuqarolarni chet ellarda mehnat qilishlarining huquqiyi asoslari
  Agentlik bo'limlari
  Odam savdosiga qarshi kurashish
  Erkin Yo'llash Tizimi-2008
  Maqolalar
  Aloqalar
  HUJJATLAR TO'PLAMI



KOREYADA YURTDOSHLARIMIZ HAYOTI
Fotogallereyasi
  KOREYA ISHCHILARNI KOMPENSATSIYA VA IJTIMOIY TA'MINLASH XIZMATI TAQDIM ETGAN MA'LUMOTI  

·  Ishchining Sug’urta Haqi nimadir (“ISH)?

1.ISH davlat tomonidan amalga oshiriladigan ish jarayonida ishchiga yetkazilgan jarohatlar yoki kassaliklardan ishchilarni ijtomoiy himoyalash dasturidir, mazkur dastur bo’yicha ishchilarning joriy holati yoki ular o’zining va oilasining yashash uchun daromadi himoyalanish mumkin.

Ish beruvchilar, ularning ishchilari emas, ISHga muvofiq to’lovni to’liq to’lanishiga javobgardir

2.Ish vaqtida shikastlangan ishchilarga kerakli to’lovlar tayinlanishi uchun bir yoki bir necha ishchilar ishlaydigan barcha ish joylari (ish beruvchilar) ISH bilan kafolatlanishi shart.

3. Ishlash vaqtida shikastlangan chet ellik ishchilar, ularning bu yerda yashash joyi qonuniy yoki noqonuniyligidan qat’inazar, mahaliy ishchilar kabi kompentsatsiya va tibbiy yordamga egadir.

4. Agar ish beruvchi ish jarayonida shikastlangan ishchiga kerakli hujjatlarni to’ldirishga yordam bermasa, ishchi batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan (1588-0075) telefoni orqali bog’lanishi mumkin.

·  Jarayon: Kerakli to’lov olish uchun taqdim etiladigan shikoyat

1. Ish joyida falokatlarning paydo bo’lishi.

2. Kerakli to’lovni olish uchun da’vo hujjatini to’ldirish (hujjat formasini tegishli kasalxonadan olishingiz mumkin).

3. Arizani tegishli sho’ba ofisimizda (arizachi ishlagan kompaniyaning) qonuniy ravishda taqdim etish.

4. Arizachiga kerakli to’lovlar belgilanganini aniqlash.

5. Arizachiga habarnoma berish.

·  ISH to’lovlari

1.Tibbiy davolanish uchun to’lovlar

Ish jarayonida shikastlangan ishchini ma’qullangan mahaliy tibbiy da’volash muassasada 4 kun yoki undan ortiq davolash uchun xarajatlar tibbiy davolash uchun to’lovlarga kiradi.

2.Vaqtinchalik nogironliknafaqa to’lovlar

Vaqtinchalik nogironlik nafaqa to’lovlari ish jarayonida shikastlangan yoki kasallangan ishchilarga o’rtacha oylik haqining 70% tibbiy davolanish sababli ishga kelmagan kunlari uchun to’lamadi.

3.  Shikastlangan-kasallik uchun to’lanadigan bir yillik to’lovi.

Shikastlangan-kassallik uchun to’lanadigan bir yillik to’lovi ish jarayonida shikastlangan va 2 yil va undan ortiq vaqt mobaynida to’liq sogiayib ketmagan ishchilar uchun ta’luqlidir. Ushbu shikast yoki kasallikning maqomi Ishga Layoqastsizlik Darajasining Me’yorlariga kiritilishi shart.

4.  Doimiy nogirinlik nafaqa to’lovlar

    Tibbiy davolanishdan so’ng ham asoratli mehnatga qobiliyatsizli ishchilarga doimiy nogironlik nafaqa to’lovlari uning qobiliyati 14 yaroqsizlik darajalaridan biriga muvofiq toifasiga qarab to’lanadi.

5.  Hamshiraga muhtojlik nafaqasi

     Hamshiraga muhtojlik nafaqasi to’liq da’volanishdan o’tgan bo’lsa-da, kun boyi yoki vaqti-vaqti bilan unga qaraydigan hamshiraga muhtoj bo’lgan ishchiga to’lanadi. U haqiqatdan ham mazkur hizmatini olishi kerak.

 6. Boquvchisini yo’qotgan oila a’zolariga to’lanadigan to’lovlar/dafn harajatlari.

     Agar ishchi ish vaqtida halokatga uchrab vafot etsa, boquvchisini yo’qotgan uchun uning oila a’zolariga o’rtacha 52/100 dan 67/100 to’lov puli to’lanadi, yoki bir marta to’lanadigan to’lov o’rtacha oylik miqdorida teng keladigan pul 1300 kun uchun, undan ishchining dafn marosimini o’tkazadigan shahsga 120 kun uchun o’rtacha teng kelgan miqdorida qo’shimcha harajat puli to’lanadi.

 7.  (Kasb) Malakasini tiklash uchun to’lanadigan to’lov

     Ish joyda shikastlanib doimiy nogironlik nafaqasini olgan ishchi uchun o’qishga muhtoj bo’lsa, unga o’qishning harajatlari yoki to’lovi beriladi.

  8.   Bir marta pul to’lanadigan dastur

     Agar ishga joyida zarar olgan ellik ishchi ayni vaqtda davolanayotgan bo’lsa va o’zining mamlakatiga ketishi kerak bo’lsa, garchi u tibbiy davolanishga muhtoj bo’lsa, ushbu ishchi, unung holatiga qarab hisoblanadigan, tibbiy davolanishiga beriladigan to’lovlari, vaqtinchalik nogironlik nafaqa to’lovlari (Shikastlangan-kasallik uchun to’lanadigan bir yillik to’lovi) va doimiy nogironlik nafaqa to’lovlarni bir marta barchasini olishga da’vo qilishi mumkin.

·  Tez-tez beriladigan savollar

Men boshqa yurtdan kelgan noqonuniy ishchi maqomida ega bo’lganim uchun da’vo qila olmayman. Men olgan shikastlarim uchun nafaqa olishim mumkinmi?

Agar mazkur ishlab chiqarishda shikastlangan vaqtdan 3 yil bo’lsa va siz 4 kundan ortiq tibbiy davolanish olgan bo’lsangiz, sizning maqomingiz qonuniy yoki noqonuniy ekaniga qaramay shikastlanganingiz uchun nafaqa olishingiz mumkin.

Mening ish beruvchim davoimni imzolashdan bosh tortyapdi. Nima qilishim kerak?

Garchi ish beruvchi hodisani tan olishdan bosh tortsa, siz nafaqa olish uchun davo arizangizni (bunday muamoni ha’l etishimiz uchun) ish joyingizga qarashli sho’ba ofisimizga qonuniy ravshda taqdim etishingiz mumkin.

Tibbiy davolanish vaqtida qanday nafaqalar to’lanishi mumkin?

Tibbiy davolanishga sarflanadigan harajatlar sizni davolagan tibbiy muassasada to’lanadi, sizga esa yaroqsizlik uchun o’rtacha oylik maoshining 70% dan 90% gacha vaqtinchalik nafaqa to’lanadi.

Men tibbiy davolanishni o’zimning mamlakatimda hohlayman. Nima qilishim mumkin?

Tibbiy davolanishga beriladigan to’lovlarni olganingizdan so’ng Siz uyingizga qaytishiz mumkin; vaqtinchalik nogironlik nafaqa to’lovlariga (Shikastlangan-kasallik uchun to’lanadigan bir yillik to’lovi) va doimiy nogironlik nafaqa to’lovlariga (bir marta barchasini olishga) qonuniy huquqqa keyinchalik ega bo’lishingiz mumkin



   Koreya ishchilarni kompensatsiya va ijtimoiy ta'minlash xizmatining qo'llanmasi asosida tayyorlandi.
 

AGENTLIKKA KELISHI LOZIM BO'LGAN NOMZODLAR BO'YICHA MA'LUMOT
TEST SINOVLARDAN MUVAFFAQIYATLI O'TGAN FUQAROLAR DIQQATIGA
Koreyaning erkin yollash tizimi bo’iyicha test sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan va Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirishga ketishni kutayotgan nomzodlar diqqatiga!
Koreya Respublikasi Milliy Pensiya Xizmati bilan hamkorlik
Koreya Respublikasiga kirib borishda Koreyaning Inchon halqaro aeroportida immigratsiya varag’ini to’lg’azish tartibi.
OITS õaqida ma’lumot va uni oldini olish choralari
Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ketayotgan fuqarolar uchun A/H1N1 grippi bilan kasallanishni oldini olish yo`riqnomasi
KOREYA ISHCHILARNI KOMPENSATSIYA VA IJTIMOIY TA'MINLASH XIZMATI TAQDIM ETGAN MA'LUMOTI
© 2008-2009 Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi   Rambler's Top100