|
O'zbekiston Respublikasining fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatining amalga oshirishning huquqiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini tashkil etishni tartibga solishga doir bir qator qarorlar qabul qilingan bo’lib, mazkur qarorlarda tashqi mehnat migratsiyasini davlat tomonidan boshqarish, respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketishini tashkil etish tizimi va uning mexanizmlari belgilab berilgan.
Respublikamiz fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yiil 12 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 505-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
Hukumatning ushbu qarori bilan respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joyilashishini ta’minlayidigan mehnat organlari infratuzilmasini tashkil etish ko’zda tutilgan. SHuningdek, ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati tartibi to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomga ko’ra O’zbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hamda Fuqarolarni chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yiicha xo’jalik hisobidagi mintaqaviyi byurolarning ko’magida Mehnat va aholini ijtimoiyi muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshirish huquqiga egaliklari belgilab qo’yiilgan. SHunga asosan, O’zbeksiton Respublikasi bilan xorijiyi mamlakatlar o’rtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo, idoralararo shartnomlar, bitimlar tuzilgan taqdirda ularning ijrosini ta’minlash Mehnat va aholini ijtimoiyi muhofaza qilish vazirligining tasarrufiyi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, mazkur Nizomga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Fuqarolarni chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yiicha xo’jalik hisobidagi mintaqaviyi byurolari xorijiyi mamlakatlarning vakolatli idora, muassasa va tashkilotlari bilan O’zbekiston fuqarolarini chet elda ishga joyilashtirish bo’yiicha hamkorlik qilish to’g’risidagi shartnomalar, bitimlar va protokollar tuzgan holda respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joyilashtirish vakolatiga ega ekanliklari belgilab qo’yiilgan.
Yuqorida qayid etilgan Nizom shuningdek, respublikamiz fuqarolarini xususiyi mehnat kontraktlari bo’yiicha chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirishga faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo’yiicha chiqish huquqiga ega ekanliklarini belgilab beradi. SHu asosda xususiyi mehnat kontraktlari bo’yiicha chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma fuqarolarga ular tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyiin 15 kun mobayinida O’zbeksiton Respublikasi fuqarolarini xorijiyi mamlakatlarga ishga jo’natish uchun nomzodlarni tanlash bo’yiicha Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan rasmiyilashtirib beriladi.
Shunga asosan hulosa qilib ayitganda, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq O’zbekiston fuqarolari uchun chet ellarda mehnat faoliyatini quyiidagicha tartibda amalga oshirishlari mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiyi mamlakatlar bilan tuziladigan Hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar bo’yiicha;
2. Mehnat va aholini ijtimoiyi muhofaza qilish vazirligining tasarrufiyi tashkilotlari bo’lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hamda Fuqarolarni chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yiicha Toshkent, Buxoro, Nukus, Farg’ona va Qarshi shahar mintaqaviyi byurolari tomonidan xorijiyi mamlakatlarning vakolatli idora, muassasa va ish beruvchilari bilan tuziladigan shartnomalar va bitimlar bo’yiicha;
3. Fuqarolar tomonidan xorijiyi ish beruvchilar bilan individual ravishda tuziladigan xususiyi mehnat shartnomalar bo’yiicha.
Demak, respublikamiz Hukumatining yuqorida qayid etilgan qarorida O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini amalga oshirish tartiblari aniq-ravshan ko’rsatib o’tilgan.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yiil 12 noyabrdagi 505-sonli qarorining talablaridan kelib chiqib, respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joyilashtirish bo’yiicha Mehnat va aholini ijtimoiyi muofaza qilish vazirligining tasarrufiyi tashkilotlaridan boshqa jismoniyi va yuridik shaxslar tomonidan mazkur xizmatlarni ko’rsatishga vakolat berilmaganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim
|