Íà ÃëàâíóþÍàïèñàòü íàìO’zbekcha | Ðóññêèé | English
   
Sayt bo'yicha qidirish
 
  Bosh sahifa
  Agentlik haqida
  Yangiliklar
  Agentlik strukturasi
  Fuqarolarni chet ellarda mehnat qilishlarining huquqiyi asoslari
  Agentlik bo'limlari
  Odam savdosiga qarshi kurashish
  Erkin Yo'llash Tizimi-2008
  Maqolalar
  Aloqalar
  HUJJATLAR TO'PLAMI



KOREYADA YURTDOSHLARIMIZ HAYOTI
Fotogallereyasi
  Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasining Sibir federal okrugi hududlari ma’muriyati va vakolatli idoralari bilan hamkorlik bo`yicha xizmat safari haqida axborot  

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasining Sibir federal okrugi hududlari Novosibirsk, Kemerova, Tomsk va Omsk viloyatlarining ma’muriyati va vakolatli idoralari bilan hamkorlik bo`yicha xizmat safari haqida axborot.

2009 yil 20-27 sentabr kunlari Agentlik raxbari boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Sibir federal okrugidagi Novosibirsk, Kemerovo, Tomsk va Omsk viloyatlarida xizmat safarida bo`lib, O`zbekiston Respublikasining   Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligining bevosita ko`magida ushbu hududlar ma’muriyati va vakolatli idoralari bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish borasida bir qator muzokaralar o`tkazdi.

2009 yil 21sentabrda Agentlik delegatsiyasi  O`zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Kayumov A.R. ishtirokida Kemerovo shahrida Kemerovo   viloyatining Mehnat va aholi bandligi departamentida viloyat Federal migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig`i Osipchuk E.V. va ushbu departament boshligi  o`rinbosari Shamgunov D.M., viloyatining Davlat mehnat inspektsiyasi boshlig`i Karev A.V. bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o`rnatish masalalari bo`yicha uchrashuv tashkil etildi.


2009 yil 22 sentabrda Agentlik  delegatsiyasi Tomsk shahrida Tomsk viloyatining Federal migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig`i Irisbaev S.K. bilan uchrashib, Agentlik va hududning Federal migratsiya xizmati boshqarmasi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama etdilar. Bundan tashqari shu kunning o`zida delegatsiya Tomsk viloyatining Mehnat va aholi bandligi departamenti boshlig`i v.v.b. Pankratova T.B. bilan uchrashuv o`tkazdi.

2009 yil 23 sentabrda Agentlik  delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasining   Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Kayumov A.R. ishtirokida Novosibirskshahrining Federal migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig`i  Shmidt I.V.bilan uchrashdi.


Shuningdek,  Agentlik  delegatsiyasiNovosibirsk shahrida O`zbekiston Respublikasining   Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Kayumov A.R. ishtirokida “Sibirskoe soglashenie” Hududlararo uyushmasining Ijroiya qo`mitasi raisining o`rinbosari Tixomirov S.V. bilan muzokaralar olib bordi.


2009 yil 24 sentabrda Novosibirsk shahrida  Agentlik  delegatsiyasi va Novosibirsk viloyatining Federal migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Patrushev K.E. o`rtasida uchrashuv o`tkazib, unda Agentlik va hududining vakolatli idoralari o`rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik munosabatlarini yo`lga qo`yish masalalari muhokama etildi.


2009 yil 25 sentabrda Omsk shahrida Agentlik delegatsiyasining Omsk viloyati Hukumat raisining o`rinbosari Omsk viloyatining Mehnat va iqtisodiy rivojlanish vaziri Besshtanko A.V. bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Shu kunning o`zida Omsk shahrida Omsk viloyatining Federal migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig`i Alles V.E. bilan uchrashuv o`tkazilib, unda Agentlik va hududning vakolatli idoralari o`rtasida  mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o`rnatish masalalari muhokama etildi. Bundan tashqari, Omsk viloyatining inson huquqlari bo`yicha vakili Pronnikov V.V. bilan uchrashib, Agentlik va Ombutsman o`rtasida hududga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlari himoyasi borasida hamkorlikni yo`lga qo`yish masalasi muhokama etildi.

Otkazilgan barcha uchrashuvlarda Tomonlar Agentlik va Sibir okrugi hududlarining vakolatli idoralari o`rtasida mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish masalalari muhokama etildi. Uchrashuvlarda tomonlar Rossiya Federatsiyasi hududlarida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish jarayonini o`zaro hamkorlikda amalga oshirish masalasining muhimligini ta’kidlab o`tdilar.

Uchrashuv yakunlariga ko`ra tomonlar kelgusida O`zbekiston Respublikasi Hukumati va  Rossiya Federatsiyasi Hukumati o`rtasida 2007 yil 4 iyulda imzolangan va 2009 yil iyun oyida kuchga kirgan “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasida va   Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O`zbekiston Respublikasida mehnat faoliyati va mehnatkash migrantlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Bitim doirasida birgalikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.  

© 2008-2009 Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi   Rambler's Top100