Íà ÃëàâíóþÍàïèñàòü íàìO’zbekcha | Ðóññêèé | English
   
Sayt bo'yicha qidirish
 
  Bosh sahifa
  Agentlik haqida
  Yangiliklar
  Agentlik strukturasi
  Fuqarolarni chet ellarda mehnat qilishlarining huquqiyi asoslari
  Agentlik bo'limlari
  Odam savdosiga qarshi kurashish
  Erkin Yo'llash Tizimi-2008
  Maqolalar
  Aloqalar
  HUJJATLAR TO'PLAMI



KOREYADA YURTDOSHLARIMIZ HAYOTI
Fotogallereyasi
  Yangiliklar  
     

2009 yilning 9 dåkàbr kuni O`zbåkistîn Råspublikàsi Måhnàt và àhîlini ijtimîiy muhîfàzà qilish vàzirligi Tàshqi måhnàt migràtsiyasi màsàlàlàri àgåntligidà Rîssiya Fådåràtsiyasi huquqni muhîfàzà qiluvchi idîràlàri hàmdà Õàlqàrî Migràtsiya Tàshkilîti (ÕMT) ning dålågàtsiyasi bilàn uchràshuv bo`lib o`tdi.


Màzkur dålågàtsiya tàshrifi Rîssiya Fådåràtsiyasi Tàshqi ishlàr vàzirligi ko`màgidà ÕMT tîmînidàn àmàlgà îshirilàyotgàn “Rîssiya Fådåràtsiyasidà îdàm sàvdîsigà qàrshi kuràsh” lîyihàsi dîiràsidà råjàlàshtirilgàn và MDHgà à’zî dàvlàtlàr huquqni muhîfàzà qiluvchi idîràlàrining îdàm sàvdîsigà qàrshi kuràshish sîhàsidàgi õàlqàrî hàmkîrlik ko`làmini rivîjlàntirishgà qàràtilgàn.


Uchràshuvdà dålågàtsiya à’zîlàrigà Tàshqi måhnàt migràtsiyasi màsàlàlàri àgåntligining àsîsiy vàzifàlàri, shu jumlàdàn õàlqàrî-huquqiy nîrmàlàrgà àsîslàngàn måhnàt migràtsiyasi jàràyonlàrini tàrtibgà sîlib bîrishgà dîir fàîliyati, shuningdåk, O`zbåkistîn Råspublikàsining “Îdàm sàvdîsigà qàrshi kuràsh to`g`risidà”gi Qînuni, O`zbåkistîn Råspublikàsi Pråzidåntining 2008 yil 8 iyuldàgi “Îdàm sàvdîsigà qàrshi kuràshish sàmàràdîrligini îshirish chîrà-tàdbirlàri to`g`risidà”gi Qàrîri ijrîsini tà’minlàsh bîràsidà Tàshqi måhnàt migràtsiyasi màsàlàlàri àgåntligi tîmînidàn àmàlgà îshirilgàn và îlib bîrilàyotgàn ishlàr hàmdà nàvbàtdàgi råjàlàr hususidà qisqàchà mà’lumît bårildi.


Uchràshuvdà tîmînlàr îdàm sàvdîsigà qàrshi kuràshning dîlzàrb màsàlàlàri và àyrim muàmmîlàr hàmdà ulàrning åchimlàri hususidà o`zàrî fikr àlmàshdilàr, shuningdåk, îdàm sàvdîsi và uning îldini îlishgà qàràtilgàn hàmjiõàt õàràkàtlàr, tåzkîr chîrà-tàdbirlàr yuzàsidàn o`zàrî tàjribà àlmàshish và bu bîràdà dîimiy hàmkîrlikkà tàyyor ekànliklàrini bildirdilàr.


Uchràshuvdà Rîssiya Fådåràtsiyasi prîkuràturàsi huzuridàgi Tårgîv kîmitåti prîtsåssuàl nàzîràt Bîsh bîshqàrmàsi bîshlig`ining birinchi o`rinbîsàri R.B. Ibràgimîv, Hàlqàrî-huquqiy hàmkîrlik bîshqàrmàsi bîshlig`ining birinchi o`rinbîsàri À.V. Ustinîv, ÕMTning îdàm sàvdîsigà qàrshi kuràshish lîyihàsi mutàõàssisi D.S. Bàbin, Tàshqi måhnàt migràtsiyasi màsàlàlàri àgåntligi Õàlqàrî hàmkîrlik và tàrjimàlàr bo`limi bîshlig`i G.S. Tlåpîvà,  Yuridik bo`lim bîshlig`i G`.Y. Sirîjîv và O`zbåkistîn Råspublikàsi IIVning bîshqàrmà bîshlig`i o`rinbîsàri Sh.Giyasîv ishtirîk etdi.

2009 yil 9 sentabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentlgida CHexiyaning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Robert Kopetski bilan Agentlik rahbariyati o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. 

 

Uchrashuvda ikki davlat o`rtasida mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yo`lga qo`yish hamda Chexiya va O`zbekistonning vakolatli idoralari o`rtasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim tuzish imkoniyatlari muhokama etildi.

2009 yil 4-6 sentabr kunlari O`zbekistonga Koreya Ishchilarini kompensatsiya va ijtimoiy ta’minlash xizmatining Prezidenti Kim Von Ba boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida bo`lib o`tgan uchrashuvda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreyaning ishchilarini kompensatsiya ta’minoti va ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan to`laqonli qamrab olish, shuningdek, mazkur tizimga muvofiq ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa tufayli shikastlangan xorijiy ishchilar uchun kompensatsiya to`lovlarini undirish, shikastlangan ishchilarga tibbiy  davolanish kurslarini o`tashda yordam ko`rsatish hamda ishlab chiqarishda shikastlanishdan keyin sog`lig`ini tiklagan ishchilarni o`z ish joiga yoki yangi ish joyiga joylashtrish kabi masalalarda o`zaro hamkorlik qilish muhokama etildi.


Uchrashuv natijasi bo`yicha Tomonlar Koreyadagi o`zbekistonlik ishchilarni ijtimoiy himoya qilish borasida birgalikda hamkorlik ishlarini davom ettirish hamda bu borada hamkorlik qilish to`g`risida Memorandum tuzish masalasini ko`rib chiqishga kelishib oldilar.

2009 yil 19 avgustda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbariyatining Malayziyaning O`bekistondagi Favqulodda va Muhtor Elchisi Abdul Aziz Harun bilan mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari boyicha uchrashuvi bo`lib o`tdi.


Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Malayziyada ishlab chiqarish va turizm sohalarida ishga joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakuniga ko`ra, tomonlar o’rtasida bu boradagi hamkorlik boyicha muzokaralarni kelgusida ikki davlatning vakolatli idoralari o`rtasida olib borishga kelishildi.

 

2009 yilning 20 iyulidan 25 iyuliga qadar Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligining (TMMMA) delegatsiyasi agentlik rahbari boshchiligida Koreya Respublikasida xizmat safarida bo’lib qaytishdi.

 

Xizmat safari mobaynida Seul shahridagi O’zbekiston Respublikasining elchixonasi xodimlari, Koreya Respublikasining Mehnat vazirligi va Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (IRRX) mas’ul xodimlari, “AFLMA-KOREYA” va “TRAEBU-KOREYA” kompaniyalari, shuningdek, Koreya Milliy pensiya xizmati bilan muzokaralar olib borildi.


O’tkazilgan uchrashuvlar davomida Koreya Respublikasiga erkin yollash tizimi bo’yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini sonini yanada ko’paytirish, ularning mehnat faoliyati davri mobaynida haq-huquqlarini muhofaza qilishni ta’minlash, pensiya ajratmalarini qoplash va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.
 

2009 yilning 4-5 maykunlari Minsk shahrida MDH davlatlarida mehnat faoliyatini amalgam oshirish uchun mehnat-migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb etishning Kontseptsiya loyihasini tayyorlash bo`yicha ishchi guruh yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda Belorus, Qirg`iziston, Tojikiston, O`zbekiston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, MDH Ijro qo`mitasining mutasaddi vakillari hamda migratsion va boshqa idoralar ekspertlari qatnashdilar.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi nomidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Chet elda mehnat faoliyatini amalgam oshirish uchun ruhsatnoma berish bo`limi boshlig`i B.Davletov hamda Halqaro hamkorlik bo`limi bosh mutahassisi Z.Tashhodjaevlar qatnashdilar.


10.05.2009
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak 10 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari 11 may kuni bo‘lib o‘tadi. Islom Karimov va Li Myon Bak O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish masalalarini, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolarni muhokama qiladilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o`rinbosari B.B.Alimuhamedov boshchiligida Tashqi mehnat migratciyasi masalalari agentligi va Tashqi ishlar vazirligi vakillaridan iborat O`zbekiston delegatsiyasi, 2009 yilning 27-28 aprel kunlari Praga shahrida bo`lib o`tgan “Migratsiya hamkorligini qurish” ministrliklar anjumanida qatnashdi.


Yevropa Ittifoqiga a`zo davlatlarga qo`shni bo`lgan sharqiy va janubi-sharqiy mintaqa mamlakatlaridagi migratsiya masalalarini global yondashuvini qo`llab quvvatlash, migratsiya masalalari bo`yicha siyosiy jarayon va siyosiy muloqotlarni rivojlantirish, ustivor yo`nalishlarni hamkorlikda rivojlantirish uchun yangi pog`onada tadqiqot qilish, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlar o`rtasidagi samimiy munosabatlarga tayangan holda, xalqaro migratsion oqimlarni qabul qilish va o`tkazib yuborish bo`yicha migratsion boshqaruv masalalari, ushbu ministrliklar anjumanining asosiy maqsadi bo`ldi.

 

Anjuman yakunida, qatnashuvchi mamlakatlar vakillari tomonidan “Migratsiya hamkorligini qurish” ministrliklar anjumani Dekloratsiyasi maqullandi.

   

Bundan tashqari, ushbu anjumanda O`zbekiston delegatsiyasining Chexiya Ichki ishlar vaziri Ivan Lenger va Italiya Ichki ishlar vaziri Xavyer Elorza bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvlarda mehnat resurslarini almashish yuzasidan hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi. Hususan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Chexiya va Italiyaning sanoat va boshqa korxonalarida ishga joylashtirish imkoniyatlari tomonlar o`rtasida muhokama qilindi.

© 2008-2009 Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi   Rambler's Top100