2011 yil 15 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi hamda
Korea Respublikasi ortasidagi Erkin yollash tizimi bo’yicha hamkorlikni
muxokama qilish shuningdek joriy yilning 24-25 sentabr kunlari Toshkent va
Samarqand shaharlarida koreys tilida
test sinovlaridan o’tgan nomzodlarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritish
maqsadida, Tashqi mexnat migratsiyasi masalalari agentligida Korea Inson
resurlarini rivojlantirish xizmati vakilllari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida Koreys tomonidan bazaning yangicha usuli taqdim
etildi.
Mazkur usul test sinovlaridan muvoffaqiyatli o’tgan nomzodlarni
Koreaning maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritilishini yanada takomillashtiradi va
ish sifatini oshiradi. Shuningdek, o’zbek va koreys taraflari tomonidan ro’yxat
tuzilishi koreys ish beruvchilariga taqdim etilgan holda, O’zbekiston
fuqarolarini Koreada ishga joylashtirish uchun yuborish jaroyonini
jadallashtiradi.
Uchrashuv natijasiga ko’ra, taraflar kelgusida Erkin yollash tizimi
bo’yicha xamkorlikda amalgam oshirish jarayoni takomillashuviga
manfaatdorliklari hamda tayyorliklarini bildiradilar.